Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 07:29

Rim Papasi himoya uchun prezervativ qo‘llashni oqladi


BMT ning OITS (AIDS) ga qarshi kurash agentligi — UNAIDS Rim Papasining kasallik yuqtirish xavfiga qarshi ba‘zan prezervativdan foydalanishiga izn berganini olqishladi.

Agentlik rahbari Maykl Sidibe Jenevada bergan bayonotida Papaning so‘zlari OITSga qarshi kurashda “sezilarli darajada ilgari siljish” bo‘lganini aytdi. Unga ko‘ra, mas‘uliyatli jinsiy aloqa OITS va OITV oldini olishda juda muhim rol o‘ynaydi.

Germaniya jurnalistiga berilgan intervyusi asosida chop etilgan kitobda Benedikt 16 mas‘uliyatli ravishda prezervativdan foydalanish “ba‘zi individual holatlarda oqlanishi” mumkinligi aytgan.

Bunga qadar esa Vatikan kontratseptiv vositalarning har qanday ko‘rinishidan foydalanishni qat‘iyan taqiqlab kelgan.
XS
SM
MD
LG