Линклар

logo-print
Jasliq qamoqxonasida dindor mahbuslar qiynoqlar va safdoshlarining g‘oyib bo‘lishiga qarshi yana ochlik e‘lon qildi.

Bu haqda mahbuslarning Ozodlik bilan bog‘langan yaqinlari so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi oylar ichida mahbuslarga nisbatan tazyiq yanada zo‘raygan va jismonan majruhga aylantirilgan ko‘pchilik mahbuslar oylar davomida yaqinlariga ko‘rsatilmayapti. Bundan tashqari, o‘nga yaqin mahbus g‘oyib bo‘lgani aytilmoqda.

Jasliq qamoqxonasi yonidagi mehmonxonadan so‘zlagan toshkentlik Malika Holmuhamedova qamoqxonada qiynoqlarning yanada vahshiylashib borayotgani va qiynoqqa solingan mahbuslarning g‘oyib bo‘lib qolayotgani xususida Respublika Jazoni ijro etish bosh boshqarmasidan olgan javobini shunday ifodaladi.

"Biz inson huquqlari ta‘minlanishini talab qilamiz, u yerda yigitlarning ahvoli juda og‘ir, hatto, quruq qaynagan suvni ham berishmayotgan ekan, siz huquq himoyachisiz, yordam bering, desak boshqarma xodimi: "Men huquq himoyachisi emasman, ko‘rmayapsizmi, formada o‘tiribman", deb bizni kalaka qildi", deydi boshqarmadan bor-yo‘g‘i shu javobni olganidan xavfsalasi pir bo‘lgan ayol.

Malika Xolmuhamedova va unga o‘xshab o‘z yaqinlarini ko‘rish uchun “Borsa kelmas” nomini olgan Jasliqqa borgan yana bir necha ayolning Ozodlikka aytishicha, mahbuslar g‘oyib bo‘lgan safdoshlarining topilishini talab qilib, ochlik e‘lon qilgan.
XS
SM
MD
LG