Линклар

Eriga xiyonati uchun toshbo‘ron qilib qatl etishga mahkum qilingan eronlik ayol Sakina Muhammadiy Ashtianiyning hayoti saqlab qolinishi mumkin.

Bunday ehtimol to‘g‘risida Eronning yuqori lavozimli rasmiysi bayonot berdi.

Eronning inson huquqlari bo‘yicha kengashi rahbari Muhammad Javod Lorijoniy mahalliy Press-TV telekanaliga bergan intervyusida kengash ayolning hayotini saqlab qolish uchun imkoni boricha harakat qilayotgani to‘g‘risida gapirdi.

Mazkur ayol ustidan joriy yilda chiqarilgan hukm jahon bo‘ylab shov-shuvga sabab bo‘lgan, Ashtianiyning himoyasiga qator xalqaro tashkilotlar va G‘arb davlatlari yetakchilari chiqish qilgan edi.
XS
SM
MD
LG