Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:31

O‘zbekistonlik ziyoratchilar Hajdan qayta boshladi


Ma‘lumotlarga ko‘ra, bu yil besh ming o‘zbekistonlik Haj ziyoratini ado etgan.
Ma‘lumotlarga ko‘ra, bu yil besh ming o‘zbekistonlik Haj ziyoratini ado etgan.
Dushanba kuni kechqurun Jidda-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab uchgan charter reyslarida o‘zbekistonlik hojilarning dastlabki guruhi Toshkentga keldi. Ziyoratchilarning hammalari sog‘-salomat ekani aytilmoqda.

Toshkentdan olingan xabarlarga ko‘ra, 22 noyabr oqshomida Saudiya Arabistonidan qaytayotgan ziyoratchilar xavfsizligini ta‘minlash uchun poytaxt aeroporti va uning atrofini militsiyaning kuchaytirilgan naryadlari qo‘riqlagan, yon atrofdagi avtomobillar saqlanadigan joylar vaqtincha yopib qo‘yilgan. Ayni paytda bu holat Haj safaridan Zamzam suvi va boshqa tortiqlar olib kelayotgan hojilar va ularning yaqinlari uchun bir qadar qiyinchilik tug‘dirgan.

Boshqa ma‘lumotlarga ko‘ra esa Makkadan qaytgan hojilarning yaqinlarini aeroportga qo‘ymaganlar va ziyoratchi qarindoshlarini masjidda kutib o‘tirishni so‘raganlar. Haj ziyoratidan qaytganlar maxsus avtobuslarda poytaxt masjidiga yetkazilgani va ular o‘sha yerda yaqinlari bilan diydorlashgani ham xabar qilinmoqda.

O‘zbekistonda Haj ziyoratini uyushtirish mamlakat musulmonlar diniy idorasi vakolatiga kiradi. Bu yil O‘zbekistondan Haj ziyoratiga Saudiya Arabistoni Haj vazirligi kvotasi asosida 5000 kishi borgani, ularga tarjimonlar, shifokorlar va oshpazlar hamrohlik qilgani aytilmoqda.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda Haj ziyoratiga yo‘l ochilganidan buyon o‘tgan qariyb yigirma yil mobaynida mamlakat musulmonlaridan taqriban yuz mingi Islom dinining beshinchi farzini ado etishga muvaffaq bo‘lgan.

Bu yilgi Haj marosimi suratlarda:

XS
SM
MD
LG