Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:33

Qirg‘izistonda yana 17 o‘zbek bir umrga qamaldi


- Cuzoq tuman sudining 23 noyabr kungi hukmi adolatsiz siyosiy hukmdir, - dedi Qirg‘iziston janubidagi iyun voqealaridan keyin tuzilgan Xalqaro "Alisher Navoiy instituti" faoli, inson huquqlari himoyachisi Dilshod Tillaxo‘jayev.

Jalolobod viloyati Suzoq tuman sudi iyun voqealari davomida Suzoqqa olib boruvchi yo‘ldagi “Sampa” paxta tozalash zavodi yaqinida 16 kishini o‘ldirganlikda ayblab
17 o‘zbekni umrbod, yana ikki o‘zbekni 25 yillik qamoqqa 23 noyabr kuni hukm qildi.

Mahkama jarayonini kuzatgan Ozodlik radiosi qirg‘iz xizmati muxbiri Risboy Abduraimovning aytishicha, sudlanuvchilar 16 kishining o‘limi va 2 kishining bedarak yo‘qolishida aybdor topilgan:

- Tuman sudi paxta tozalash zavodida 12-13 iyun kunlari sodir bo‘lgan qotillik yuzasidan ko‘rilgan ish hukmini o‘qidi. Umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan 17 kishining mulki davlat tasarrufiga o‘tadigan bo‘ldi. 25 yildan qamoq jazosi berilgan ikki kishi – Suzoq tumanidagi sobiq Moskva kolxoz raisi, 64 yoshli pensioner Usmonjon Ablazov va Furqatjon Abdujabborovlarning ham mulki musodara qilinadigan bo‘ldi, - dedi Risboy Abduraimov.

Avvalroq yana bir jalolobodlik, inson huquqlari himoyachisi Azimjon Asqarov ham umrbod qamoqqa hukm qilingan edi.
XS
SM
MD
LG