Линклар

O‘zbekiston-Ispaniya biznes forumi bo‘lib o‘tdi


22 noyabr kuni Toshkentdagi xalqaro hamkorlik markazida O‘zbekiston va Ispaniya ishbilarmon doiralarining biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

Anjumandan maqsad O‘zbekiston-Ispaniya o‘rtasida savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni yanada kengaytirishdan iborat.

Tadbirda ikki mamlakatning tashqi ishtisodiy aloqalar, savdo, neft-gaz, iqtisod, suv xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, oziq-ovqat va boshqa sohalarda faoliyat olib borayotgan vazirlik va idoralar, shirkat va korporatsiyalar vakillari ishtirok etdilar.

O‘zbekiston televideniyesi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, invyestitsiyalar va savdo vazirligi hamda Ispaniya ishlab chiqaruvchilar va sanoat konfederatsiyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangan.
XS
SM
MD
LG