Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:12

Tojikistonda yana bir mustaqil gazeta faoliyati to‘xtatildi


“Imro‘z news” mustaqil ro‘znomasi shu yil sentabr oyida davlat qaydidan o‘tib nashrdan chiqa boshlangan edi. 24 noyabrdan e‘tiboran mazkur nashr faoliyati to‘xtatildi.

Ro‘znoma muassislaridan biri Rustami Joniy buning boisi moliyaviy inqiroz ekanini bildirdi. U har qanday boshqa omilni rad etdi.

Ayni paytda redaksiya xodimlari majburiy ta‘tilga chiqarilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq tojik jamiyatida katta auditoriyaga ega bo‘lgan “Faraj” va “Paykon” mustaqil gazetalari “Rashtdagi voqealarni noreal yoritganlik uchun” rasmiylar ta‘qibiga uchragandi.

Bir qator xorijiy tashkilotlar aralashuvi bilan bu ro‘znomalar hozirda qaytadan nashr etila boshladi.
XS
SM
MD
LG