Линклар

Pokistonda o‘lim jazosiga hukm qilingan 45 yoshli nasroniy ayol prezident qarori bilan ozodlikka chiqarildi.

Osif Ali Zardoriy avf etgan Osiyo Bibi 13 noyabr kuni Panjob viloyati sudi qarori bilan Islom dinini haqorat qilganlikda ayblangan va o‘lim jazosiga hukm qilingan edi. U 2009 yilda qo‘shnilari bilan janjal bois hibsga olingan edi.

Xabarlarga ko‘ra, qishloqdoshlari nasroniy ayol bilan bir quduqdan suv ichishdan norozi bo‘lgan, ayol esa bunga e‘tiroz bildirgani uchun farzandlari bilan qo‘shib kaltaklangan edi. Osiyo Bibining turmush o‘rtog‘i hech qachon Islom dini va Muhammad alayhissalomga nisbatan behurmatlik qilmaganini aytmoqda.

Qishloqdoshlari hujumiga uchragan bu ayol Pokistonda Islom dinini haqorat qilganlikda ayblanib, oliy jazoga hukm qilingan ilk ayoldir. Uning ozod etilishini so‘rab, qator xalqaro tashkilotlar, shu jumladan, Rim Papasi Benedikt 16 ham chiqish qilgan edi.
XS
SM
MD
LG