Линклар

Ravshan Irmatov yana Osiyoda birinchi deb toplidi!


O'zbekistonlik hakam Ravshan Irmatov gretsiyalik futbolchi Georgios Karagunisga maydona kim xo'jayin ekanligini uqtirmoqda.

O'zbekistonlik hakam Ravshan Irmatov gretsiyalik futbolchi Georgios Karagunisga maydona kim xo'jayin ekanligini uqtirmoqda.

O'zbekistonlik futbol referisi Ravshan Irmatov 3 yil ketma-ket Osiyoning eng yaxshi hakami deb topildi.

Ravshan Irmatov shu yili Janubiy Afrika Respublikasida bo'lib o'tgan Jahon Chempionatida ham 5 o'yinga a'lo darajada hakamlik qilib, chempionatning eng yaxshi referilaridan biri deb topilgan edi.

Osiyo Futbol Komiteti o'tkazgan ushbu tanlovda Ravshan Irmatov yaponiyalik hakam Yuichi Nishimura (8.88) va saudiyalik hakam Xalil Al G'amidilarga (8.8) nisbatan ko'proq ovoz olib (9.02), g'olib deb topildi.

"Bu yutuqni uchinchi marotaba qo'lga kiritganimdan juda ham mamnunman. Bu yutuq nafaqat mening tirishqoqligim va qattiq ishlaganim, balki menga bilan ishlagan barcha insonlarning yordami evaziga erishildi. Men o'z assistentlarimga va murabbiylarimga ularning ulkan yordami uchun katta raxmat aytaman. Meni har doim qo'llab kelgan O'zbekiston ahliga ham o'z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Bu yutuq ularniki", dedi Ravshan Irmatov OSK vitse-prezidenti Yusuf Al Serkal qo'lidan yutuqni olar ekan.

JARda bo'lib o'tgan Jahon Chempionatida Ravshan Irmatov boshchiligadi hakamlar komandasi jami 5 o'yinni boshqarishdi. Ulardan eng esda qoladigani ochilish o'yini va yarim final o'yinlari bo'ldi.

O'zbekiston sportining qo'lga kiritgan yana bir yutug'i bilan barchani tabriklaymiz!

Ravshan Irmatovning Janubiy Afrikada ESPN sport telekanaliga bergan intervyusini tamosha qiling:

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG