Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:50

Oltin medallar soni oshmoqda!


O'zbekistonlik kanoyechilar Serik Mirbekov va Gerasim Kochnevlar erkaklar juftligida 1000 metrlik masofada oltin medalni qo'lga kiritishdi.
O'zbekistonlik kanoyechilar Serik Mirbekov va Gerasim Kochnevlar erkaklar juftligida 1000 metrlik masofada oltin medalni qo'lga kiritishdi.
Bugun, 25 noyabr kuni, o'zbekistonlik kanoyechilar Serik Mirbekov va Gerasim Kochnevlar erkaklar juftligida 1000 metrlik masofada 3:34.248 ko'rsatkichi bilan g'alabani qo'lga kiritib, oltin medal sovrindorlari bo'lishdi.

Ikki karra dunyo chempioni o'zbekistonlik kanoechi Vadim Menkov esa 1000 metrlik masofada 3:51.419 ko'rsatkichi bilan oltin medalni qo'lga kiritdi.

Kayakda suzish bo'yicha erkaklar to'rtligida ham bizning jamoaga omad kulib boqdi. Kayakchilar Sergey Borzov, Vyacheslav Gorn, Aleksey Mochalov va Aleksey Babajanovlar 1000 metrlik masofada 2:57.373 ko'rsatkichi bilan oltin medal sovrindori bo'lishdi.

Kayakda suzish bo'yicha O'zbekistonning ayollar to'rtligi Kseniya Prilepskaya, Yuliya Borzova, Yekaterina Shubina va Viktoriya Petrishinalar 500 metrlik masofani 1:37.776 ko'rsatkichi bilan ikkin o'rin, ya'ni kumush medalini qo'lga kiritishdi.

Bugunga kelib, 16 Osiyo O'yinlarida O'zbekiston jamoasi hisobida 41 medal - 9 oltin, 14 kumush va 19 bronza bor.
XS
SM
MD
LG