Линклар

Vashington AQShning diplomatik yozishmalariga oid 250 mingga yaqin maxfiy hujjatlarni e‘lon qilgan WikiLeaks itenrnet saytini qoraladi.

Oq uy tarqatgan bayonotda “bu kabi hujjatlarning e‘lon qilinishi diplomatlarimiz, razvyedka xodimlarimiz hamda demokratiya va ochiq jamiyatlarni targ‘ib etishda Qo‘shma Shtatlardan yordam so‘raganlarni xavf ostiga qo‘yadi”, deyiladi.

AQSh Vakillar palatasining Milliy xavfsizlik qo‘imtasidagi nufuzli respublikachi vakili Piter King Bosh prokuraturani WikiLeaks asoschisi Julian Assanjni josuslikda ayblab, javobgarlikka tortishga chaiqrdi.
WikiLeaks 250 mingga yaqin maxfiy hujjatni e‘lon

Maxfiy hujjatlarni e‘lon qilish bilan shug‘ullanadigan WikiLeaks Internet sayti yakshanba kuni 250 mingga yaqin diplomatik yozishmalarni e‘lon qildi.

E‘lon qilingan hujjatlar orasida AQSh Davlat kotibi Hillari Klintonning Amerika diplomatlariga BMT aloqa tizimlari va BMT rasmiylariga oid ma‘lumotlarni to‘plash haqidagi ko‘rsatmasi, Saudiya Arabistoni Qiroli Abdullohning AQShdan Tehron yadroviy qurolni ishlab chiqishining oldini olish maqsadida, “ko‘p marotaba” Eronga hujum qilishni so‘raganiga doir xatlar bor.

Bu hujjatlarni e‘lon qilishdan avval WikiLeaks tahririyati saytga kiber hujum uyushtirilganini ma‘lum qildi.

O‘tgan hafta WikiLeaks sayti AQShning Toshkentdagi sobiq elchisi Jon Pyornellning O‘zbekistondagi siyosiy ahvol va tizimning korrupsiyalashgani haqida Vashintonga yuborgan maxfiy xatini e‘lon qilingan edi.
XS
SM
MD
LG