Линклар

Wikileaks saytining AQSh diplomatik aloqalariga oid minglab hujjatni oshkor qilgani Vashingtonning keskin noroziligiga sabab bo‘lmoqda.

Bu xususda Oq uy e‘lon qilgan bayonotda bunday harakat demokratiya va ochiq jamiyat ravnaqiga xizmat qilayotgan AQSh va xorij diplomatlari, maxsus xizmat xodimlarining hayotini xavf ostiga qo‘yishi aytilgan.

Wikileaks sayti AQSh elchixonalari faoliyatiga oid oshkor qilgan mahfiy hujjatlarda, jumladan, Saudiya Qiroli Abdullaning Eronga qarshi AQSh rahbariyatini hujumga undagani, Pokistonda qurol uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan yadroviy materiallar borligi, Rossiyaga prezidentlik qilgan vaqtida Vladimir Putinning italiyalik hamkasbi Silvio Berluskoni bilan mahfiy munosabatlari, Rossiya hukumatining esa uyushgan jinoyatchi guruhlar bilan hamkorligi xususidagi ma‘lumotlar bor.
XS
SM
MD
LG