Линклар

logo-print
O‘zbekiston sportchilari jamoasi Xitoyning Guanchjou shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlari musobaqasida qozonilgan medallar soni bo‘yicha 8-o‘rinni oldi.

36 davlat jamoasi ishtirok etgan musobaqalar davomida o‘zbek sportchilari 29 sport turi bo‘yicha 11 ta oltin, 22 ta kumush va 23 ta bronza medalini qozondi.

Qozog‘istonlik jamoa esa jami 79 ta medal bilan Osiyo o‘yinlari ishtirokchi jamoalari orasida 5-o‘rinni egalladi.

Osiyo o‘yinlari chog‘ida o‘zbek sportchilaridan ikki nafari doping iste‘moli uchun musobaqadan chetlashtirildi, biri esa kumush medalidan mosuvo qilindi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG