Линклар

Interpol WikiLeaks internet sayti asoschisi Julian Assanjga xalqaro qiliruv e‘lon qildi.

Assanj Shvyesiyada jinsiy tajovuz sodir etganlikda gumonlanib qidirilmoqda. Qayerdaligi noma‘lum bo‘lib qolayotgan Assanj o‘ziga qo‘yilayotgan ayblovni rad qilgan.

O‘tgan hafta oxirida AQShga tegishli o‘n minglab diplomatik maxfiy ma‘lumotni o‘z sayti orqali ommaga oshkor qilganidan so‘ng Assanj Interpol tashkilotining nazariga tushdi.

Kelgusida bunday voqea qaytarilishining oldini olish maqsadida AQSh Davlat departamenti o‘z diplomatik yozishmalari saqlanadigan ma‘lumotlar bazasidan AQSh harbiylariga qarashli kompyuter tarmog‘ini uzib qo‘ydi.
XS
SM
MD
LG