Линклар

logo-print
"Yosh to'lqin" taxririyati: Bizning birinchi bloggerimiz bilan tanishing. Ismi Umidjon, Qirg'izistonning O'sh shahridan. Umidjon bu tahallus. Xavflizligini ko'zda tutib, Umidjonning asl ismini aytmaslikni maqul topdik.

Men o'shlikman. O'shdagi o'zbek maktabining yuqori sinf o'quvchisiman. O'zim o'shlik yosh o'zbek bo'lishimga qaramay bu savolga javob men uchun qorong'u qolmoqda. Nima uchun bunday bo'ldi? Buning asosiy sababi “iyun voqealari”dir. Bu nomaqul ishlarni boshqarib gunohsiz insonlarni qonini to'kgan, ohirini o'ylamay qilgan ma'lum va noma'lum insonlarni Alloh jazosini bersin, albatta.

O'zbeklar ham, qirg'izlar ham "urush" deb atagan va yaqin tarixni urushdan oldin va keyinga bo'lishga majbur qilgan "iyun voqealari" O'sh va Jalolobod oblastlaridagi o'zbek bolalarining kelajagiga qattiq ta’sir ko'rsatdi. Qanday qilib deysizmi? "Iyun voqealari"da inson tasavvuriga kelmaydigan xunrezliklarni ko'p bolalar o'z ko'zlari bilan ko'rishdi-da. Ko'rmaganlari esa eshitishdi.

Bu bolalarga hayot to'xtaganday bo'ldi. Urushdan so'ngi qiyinchilik ko'pchilik bolalarning barcha oldinga qo'ygan reja va umidlarini bir chekkaga yig'ishtirib, pul ishlashga va oila boqishga majbur qildi. 18 yoshga to'lmay turib, hatto fuqarolik guvohnomasini olmay turib katta insonlarday ishlash aqlga sig'maydigan holat emasmi? Aslida, huquqiy mamalakatda bolalarning kattalar kabi ishlashiga to'siq qo'yiladi. Qirg'izistonda esa buning asari ham yo'q.

O'z hoxishi yoki ota-onalari majburlagani sabab ishlashga majbur bo'lgan bolalar maktabni tashlashmoqda. Ayrimlari mayda-chuyda ish, ayrimlari otalarining kasbini o'rganishmoqda. Bu, agar meyorida bo'lsa, yomon emas. Lekin ko'p bolalar maktabga borishni umuman to'xtatib qo'yishgan. Bunga asosiy sabab urushdan keyingi ruhiy tushkunlik, deb o'ylayman. Bolalarda kelajakga ishonch qolmadi.

O'shlik o'zbek bolalari o'zining kelajagini Qirg'izisonda ko'rishmaydi. Ko'pchilik ish izlab chet ellarga ketishga majbur bo'lmoqda. Mening chamaga ko'ra chet davlatlarga, asosan Rossiya va Kozogistonga ish izlab ketgan o'shlik o'zbeklarning ichida 18 yoshga to'lmaganlar soni taxminan 30% ni tashkil qiladi.

Endi nima qilish kerak? O'z yurtimiz, ona vatanimiz bo'lgan O'shni tashlab ketishimiz kerakmi? Bir tarafdan, agar vaziyatdan kelib chiqadigan bo'lsak, yaxshisi ketish kerak. Ikkinchi tarafdan, agar O'sh o'z vatanimizligini hisobga olsak, ketmaslik kerak. Ikki otash orasida qoldik. Siz nima deb o'ylaysiz?

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG