Линклар

logo-print
Bugun, 7 dekabr Eron Islom Respublikasida talabalar kuni. O‘zbekistonda talabalar kuni bo‘lmish 17 noyabrda talabalar o‘z bayramini o‘yin-kulgi bilan o‘tkazishsa, Eronda har yilning 7 dekabr kuni xotirlash va aksilhukumat talabalar namoyishlari bilan o‘tadi.

Bu kunda xotirlash o‘tkazilishiga sabab 1953 yilning 7 dekabrida Texronda sobiq Shoh hukumatiga qarshi o‘tkazilgan va uch talabaning hayotini olib ketgan talabalar namoyishidir.

Eron Islom Respublikasida ohirgi yuz yillikda yuz bergan barcha siyosiy o‘zgarishlarda talabalar katta rol o‘ynab kelgan. Bugungi kuda ham talabalar harakati siyosiy qudratga ega va yagona kuchli muholifat qanoti, deb aytadi eronlik mutahassis, Texron universitetining sobiq talabasi Murod Vaysibiame.

- Eron hukumati talabalar harakatidan cho‘chib turadi. Rejimning qattiqqo‘lligi va o‘tkazilgan bosimlar oqibatida eronliklar hukumatdan qo‘rqishadi. Talabar esa bunday qo‘rquvdan xolis. Muholif tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari davlat tarafidan tezda yopilishi mumkin. Talabalar esa tanqidiy fikrga ega bo‘lgan, hukumatdan qo‘rqmaydigan va qadam ba qadam o‘zgarib turadigan harakatdir. Ahir hukumat har kuni universitetga hujum qila olmyadida.

Yosh to‘lqin: O‘zbekistonga solishtiradigan bo‘lsak, Eronda talabalar ancha erkin va ulkan siyosiy qudratga ega. Eron hukumati ham ochiq va demokratik hukumatlardan emas. Eron talabalarining bu qudrati qaerdan keldi?

Texron universitetining talabalari o'tgan yilning dekabr oyida o'tkazgan aksilhukumat namoyishlariga minglagan talaba yoshlar qatnashgan edi.
- Talabalar harakatining bugungi qudrati 90 yildan beri shakllanib va o‘zgarib kelgan kuchning natijasidir. Bu juda katta tajriba. Shu vaqt mobaynida talabalarning ongi va dunyo qarashashi o‘zgarib, rivojlanib kelgan. 1979 yilgi Eron Inqilobi va uning natijasida Shoh hukumatining ag‘darilishida ham talabalar katta rol o‘ynagan. Bugungi kunda Oyatulloh Homaynining hukumatiga qarshi asosiy kuch ham talabalardir. Hozirgi davr xususiyatini xisobga oladigan bo‘lsak, bugungi kun talabalari 1979 yil talabalaridan ancha qudratli, chunki hozirda yoshlarda internet kabi kuchli qurol bor. Eronda 2009 yil prezident saylovlaridan so‘ng o‘tkazilgan talabalar namoyishlarida ham internet va undagi yangi texnologiyalar katta rol oynadi, deydi Texron universitetining sobiq talabasi va talabalar harakatining sobiq a‘zosi Murod Vaysibiame.

Eron talabalarining O‘zbekiston talabalaridan nima farqi bor? Shu savolga javob olish uchun biz O‘zbekiston va Angliya oliy o‘quv yurtlarining sobiq talabasi Temurbek Ikromovga murojaat qildik (ismi o‘zgartirilgan).

Yosh to‘lqin: Bugun Eronda talabalar kuni. Bilsangiz Eron talabalari o‘zining siyosiy qudrati bilan ajralib kelgan. O‘zbekiston talabalari ham siyosiy qudratga egami?

- Agar O‘zbekiston ilmiy muassasalarda o‘qiyotgan talabalarning hisobiga qarasak bu juda katta raqam. Aniq aqtish qiyin, lekin jami bo‘lib ikki million atrofida bo‘lsa kerak. Agar bu raqamni O‘zbekiston aholisi bilan taqqoslaganda bu juda katta yosh va shiddatli kuch. Lekin ularning qanchalik siyosiylashgani boshqa masala. O‘zbekistonda talabalar siyosiy bir kuch emas. Buni o‘zining sabablari bor.

Yosh to‘lqin: Sizning aytishingizcha, O‘zbekistonda talabalar potensial kuchga ega, lekin bu kuch hali siyosiylashmagan. To‘g‘rimi?

- [Talabalar] siyosiy uyushganlik holatiga kelmagan. Siyosiy kuch bir kunda, yoki ikki kunda paydo bo‘ladigan narsa emas. Buning uchun yillar kerak. Buning uchun tajribalar kerak va butun avlod erkinli va demokratiya ruxida tarbiyalanib, o‘sib ulg‘ayishi kerak. Ular uchun erkin matbuot, turfa fikrlilik, bahslar bo‘lishi kerak. Shunday muxitda o‘ssagina shunday bir chuqur siyosiy yoshlar kuchi paydo bo‘lishi mumkin.

O‘zbekiston va Eron talabalari orasidagi farq faqatgina ko‘p yillik siyosiy tajribami yoki bunga boshqa omillar ham bormi degan savol bilan biz sizga, aziz mushtariyga murojaat qilmoqchimiz. Bu savolga bahs va munozaralaringizni bizning “Yosh to‘lqin” sahifamizda olib borishingiz mumkin. Yosh to‘lqinga Ozodlik sayti orqali kiring.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG