Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 03:50

Bugun O'zbekiston Konstitutsiyasi kuni!


O'zbekistonda konstitutsiyani yuksaklovchi bilbordlar oz emas.
O'zbekistonda konstitutsiyani yuksaklovchi bilbordlar oz emas.
Bundan 18 yil oldin, 1992 yil 8 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasining bosh qomusi - Kosntitutsiya qabul qilingan!

Huquqiy va yetuk davlatlarda Konstitutsiya insonlarning barcha huquqlarini himoya qiladi va majburiyatlarini belgilaydi. O'zbekiston Konstitutsiyasi 18 yosh, ya'ni balog'at yoshiga to'lsa ham insonlarning huquqlarini himoya qilishda oqsab, majburiyatlarini belgilashda ildam qadamlarni bosmoqda.

Balkim kosntitutsiyamizning har tomonlama yetuk bo'lishiga yana ko'p yilllar kerakdir? Ahir konstitutsiyasi 223 yoshda bo'lgan Amerikada atigi 40-50 yil ilgari qora tanlilarning huquqlari poymol qilingan va ko'pchilik buni oddiy hol deb hisoblagan-ku. Balkim bizning jamiyat, ya'ni o'zimiz hali bunday yetuk konstitutsiyaga loyiq emasmiz?

Siz nima deysiz, mushtariy?
XS
SM
MD
LG