Линклар

logo-print
O‘zbekiston Konstitutsiyasining 18 yilligi munosabati bilan so‘zlagan nutqida ishsizlikka keng to‘xtalgan prezident Karimov zalda to‘planganlarga qarata yuzlangan kezda nutqiga qo‘shimcha qilib, mamlakatdagi ishsizlik ko‘rsatkichi 5,6 foizni tashkil qilishini aytdi.

“Shu yerda o‘tirgan chet ellik vakillar va elchixonalar vakillari noto‘g‘ri tushunmasin, bizda atroflicha o‘tkazilgan hisob-kitoblarga qaraganda, ishga loyiq odamlarga nisbatan olib qaraganda, ishsizlik ko‘rsatkichi 5,6 foizni tashkil qiladi. 5,6 foiz”, dedi Islom Karimov nutqi davomida.

Shuningdek, Karimov 2010 yilda 480 mingta yangi ish o‘rni yaratilgani va ularning asosiy qismi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hisobiga yaratilganini aytdi.

Qiziq, prezidentimiz O'zbekiston, Qozog'iston, Chexiya, Janibiy Koreya va boshqa davlatlarda ishlab yurgan O'zbekiston fuqarolarini bu hisob-kitobda inobatga oldimikin?
XS
SM
MD
LG