Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:41

HRW: Qirg‘iziston hukumati nimanidir yashirmoqda


Human Rights Watch tashkilotining vakili Reychel denber.
Human Rights Watch tashkilotining vakili Reychel denber.
Human Rights Watch tashkiloti “Qirg‘iziston janubidagi etnik o‘zbeklar haqlari tiklanishi kerak”, degan talabni takrorladi.

Bu haqda IWPR nashriga intervyu bergan Reychel Denber tashkilotda iyun voqealari chog‘ida va undan keyin ham qirg‘izistonlik o‘zbeklarning huquqlari toptalganiga oid hujjatlar borligini ta‘kidladi.

Shuningdek, u O‘sh, Jalolobod shaharlarida borayotgan mahkama jarayonlarida sudlanuvchi, guvoh, advokatlarning haqlari buzilishiga chek qo‘yish haqida Qirg‘izistonning yangi hukumatiga maktub yo‘llaganini aytdi.

Intervyu chog‘ida Denber: “Agar hukumat bunda etnos masalasini ko‘rmayotgan ekan, demak, u nimanidir yashirmoqda, ehtimol, buning ortida noxolislik yashirin bo‘lishi mumkin va bu asl vaziyatni real baholash imkonini yo‘qqa chiqaradi”, deb ta‘kidlagan.
XS
SM
MD
LG