Линклар

logo-print
"Yosh to'lqin" taxririyati: Bizning yana bir bloggerimiz bilan tanishing. Ismi Kamoliddin, Qirg'izistonning Jalolobod viloyatiga qarashli Suzoq tumanidan.

Keyingi paytlarda o‘ylab qolaman - Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YeXHT) kabi Jalolobod va O‘sh aholisi umid qilayotganchalik nufuzli tashkilot bo‘lmasa kerak deb. Aftidan yevropalik qog‘ozbozlar buni hali ham tushinib yetgani yuq. Bugun Jalolobodda ilgari YeXHT nimaligi bilmagan oddiy bir dehqon ham shu savolni beradi: “YeXHT kirarmikan? Qachon kirarkin?” Odamlar YeXHTni xuddi adolat olib keluvchi mutlaq kuch deb o‘ylashadi. Go‘yoki YeXHT Qirg‘izistonga kirsa, o‘ldirilgan begunoh odamlarning qotillarini qamoqqa olishadiyu iyun fojiasida qo‘li bor hokimlaru melisalarining jazosini berishadi, yoki har kuni ko‘chalardan sababsiz ushlab ketilayotkan begunoh o‘zbeklarning “chistkasi” tugatiladi... Eh, bechora O‘zbegim...

Bir vaqtlari o‘zbek siyosatchisi aytgan edi: “Agar dunyoda bitta sodda xalq bo‘lsa bu o‘zbek xalqidir.” Sodda xalqim... Yuragim yig‘laydi. Achchiq xaqiqat esa shundayki, YeXHT kirishi mumkin, lekin faqat 2011 yilda. Kirganda ham oldin rejalashtirilgan 52 politsiyachi emas, balki 31 kishi bo‘ladi va ular faqat maslaxatchi maqomiga ega bo'lishadi. Bu degani YeXHT raisi janob Mark Perren De Brishamboga ko‘ra, bu politsiyachi qurolsiz, birovni qamoqqa olish huquqiga ega emas, biror jinoyatni tekshirgani mandatlari yo‘q bo'ladi. Deyarli bir million o‘zbeklar uchun bu 31 qo‘g‘irchoq nima bo‘ladi?

Yoki hamma yoqqa dong‘i ketgan Xalqaro Tekshirish Kommisiyasi yordam beradimi? Bu kommisiya xomiylari shimoliy Yevropa davlatlari bo‘lib, uning na BMTdan, na YeXHTdan mandati bor ekan. Bilishim bo'yicha, bu Komissiya ham jinoyatni kim qildi va kim javobgar, degan masala bo‘yicha emas, balki bu urush nima sabablar deb bo‘ldi va kelajakda shunday fojea bo‘lmasligi uchun nima qilish kerak, degan savalloar bo'yicha Qirg‘iziston xokimlariga maslaxat beradi. Va bu maslaxatga quloq solish yoki solmaslik Qirg‘iziston xokimlarining xoxishlariga bog‘liq. Chunki Komissayining maslaxatlari ruschasiga aytganda "rekomendatsiya" sifatida beriladi. "Xohlasangiz quloq soling, xohlamasangiz toshizi tering" qabilida bo'ladi.

Mana qanchadan qancha o‘zbeklar bir umrga qamoqqa ketishdi. Biror o‘zgarish bo‘ldimi? Eng qizig'i shuki, agar biror yerda bitta millatni qirib o‘ldirsa YeXHT, Yevropa Ittifoqi, BMT kabi xalqaro tashkilotlar faqatgina: “Hoy, qoyinglar, unday janjal qilmanglar”, deyishdan nariga borishmaydi. Urush tugagandan so‘ng esa BMT kelib, qon bo‘lgan boshni artib: “Og‘rityaptimi? Xafa bo‘lma. Xozir dori beraman”, deydi xolos. Lekin ushbu xalqaro tashkilotlarning hech biri urush vaqtida darrov kirmaydi, aralashmaydi. Menga savol berishadi: “Uka, bu OBSE (YeXHT) qachon kiradikan?”. Men esa hammaga: "Kirmaydi, aka. Kirgandayam hech qanday yordam bermaydi. Bu yog‘i endi faqat Alloxdan! Najot so‘rang. Jinoyatchilarga insof bersin demang. Albatta jazosini bersin, deb so‘rang", degan javobini beraman. Pessimist deydimi bu holni? Bilmadim...

Keyingi safar uchrashguncha,

sizning suzoqlik vatandoshingiz Kamoliddin.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG