Линклар

logo-print

2022 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatini qish oylariga bo'lishi mumkin


FIFA Prezidenti Sepp Blatter 2022 yilgi chempionatga mezbonlik qilish maqomi Qatarga tegkanini haqidagi konvertni ko'rsatmoqda.

FIFA Prezidenti Sepp Blatter 2022 yilgi chempionatga mezbonlik qilish maqomi Qatarga tegkanini haqidagi konvertni ko'rsatmoqda.

Osiyo futbol federatsiyasi FIFA rahbariyatidan Qatarda 2022 yil o‘tkazilishi belgilangan futbol bo‘yicha jahon chempionatini qish oylariga ko‘chirishni so‘radi.

Osiyo futbol federatsiyasi prezidenti Piter Velappen o‘z iltimosini Qatarda yoz juda issiq bo‘lishi, jazirama futbolchilarni tinkasini quritib qo‘yishi mumkinligi bilan izohladi.

Velappen fikricha, konditsionerlar bilan jihozlangan o‘yingohlarni qurish bilan bu masalani hal qilib bo‘lmaydi, Yevropaning ayrim jamoalari issiq bois musoboqalarni boykot qilishi mumkin.

Qatarda yoz oylarida havoning harorati 40 darajadan oshib ketishi kuzatiladi.

O‘tgan haftada Xalqaro futbol federatsiyasi 2018 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati Rossiyada, 2022 yilgisi esa Qatarda bo‘lishini e‘lon qilgan edi.
XS
SM
MD
LG