Линклар

Xitoylik dissident Nobel Tinchlik mukofotini oldi


Osloda o'tgan Nobel Tinchlik mukofotining taqdirlash marosimida mukofot sovrindori Lio Ksiaobo qatnasha olmadi. U Xitoy hukumati tarafidan 11 yilga qo'poruvchilikda ayblanib qamalgan.

Osloda o'tgan Nobel Tinchlik mukofotining taqdirlash marosimida mukofot sovrindori Lio Ksiaobo qatnasha olmadi. U Xitoy hukumati tarafidan 11 yilga qo'poruvchilikda ayblanib qamalgan.

Bugun Nobel Tinchlik mukofoti xitoylik dissident Lyu Ksiaoboga taqdimot etildi. Lyu Ksiaoboning o‘zi taqdimotda qatnasha olmadi, chunki u Xitoy hukumati tarafidan qamoqqa olingan. Shu bois, Nobel Tinchlik mukofoti ramziy ravishda taqdimot marosimi davomida Lyu o‘tirishi kerak bo‘ldan bo‘sh o‘rindiqqa qo‘yildi.

Nobel Tinchlik mukofotining tarixida ikkinchi marotaba mukofot sovrindorining o‘rindig‘i bo‘sh qolmoqda, chunki na sovridnorning o‘zi, na uning vakili mukofotni o‘z qo‘llari bilan qabul qila oladi.

Lyuning va uning vakilining yo‘qligi sabab, Nobel Qo‘mitasi unga atalgan oltin medal va 1.5 million AQSh dollarini noma‘lum muddatga qoldiradi.

Lyuning inson huquqlari bo‘yicha yutug‘ini mukofotlash Xitoy hukumatining g‘azabini qo‘zg‘amoqda.

Qamoq jazosini o'tayotgan Lyu Ksiaoboga taqdim etilgan Nobel Tinchlik mukofoti diplomi.
Rasmiy Pekin qo‘poruvchilik faoliyati uchun 11 yilga qamalgan Lyuni ozod etishdan bosh tortdi va uning qarindoshlarini taqdimotda qatnashishiga chek qo‘ydi. Pekin yana kamida 20 inson huquqlari faollarini mukofot taqdimoti marosimida qatnasha olmasligi uchun xibsga oldi.

Boz ustiga, Xitoy hukumati boshqalarni bugun Osloda o‘tayotgan Nobel Tinchlik mukofoti taqdimoti marosimini boykot qilish uchun chaqirdi. Natijada 20ga yaqin mamalakat bugungi marosimda qatnashishdan bosh tortishdi. Ularning ichida Afg‘oniston, Eron, Qozog‘iston, Pokiston va Rossiyalar bor.

Lyu yozuvchi va sobiq univyersitet o‘qituvchisi. U 1989 yil Tiyananmen Maydoni namoyishlaridan so‘ng inson huquqlari faoli sifatida tanilgan va Xitoy hukumati tarafidanbir necha bor qamoqqa olingan.

Oslo shahridagi City Hall zalida o‘tgan bugungi marosimda norvyegiyalik aktrisa Liv Ulman Lyu yozgan matndan parcha keltirdi. Xitoydagi kuchli senzura bois, Lyu o‘z vatandoshlari orasida taniqli emas va bugungi marosim haqidagi yangilik ham uning vataniga yetib borishi amri mahol.

AP axborot agentligining Nobel Tinchlik mukofoti taqdimotidan tayyorlagan video lavxani tamosha qiling:


Bilmasvoylar uchun: Nobel Tinchlik mukofoti Nobel Istitutining 6 mukofotidan biridir. Mashxur olim va kashfiyotchi Alfred Nobel 1895 yilning 27 noyabrida yozgan vasiyatnomasida qazo topganidan so'ng mol-mulkini pulga aylantirib bankka qo'yish va undan tushgan daromadni insoniyat taraqqiyotiga xissa qo'shgan insonlarni rag'batlantirishda ishlatishni yozgan. Nobel mukofotlari haqida to'liq ma'lumotni bu erdan oling (ruscha).

Nobel Tinchlik mukofotining tarixida ikkinchi marotaba mukofot sovrindorining o‘rindig‘i bo‘sh qolmoqda. Bu xol birinchi marotaba 1935 yil yuz began. Nobel Tinchlik mukofoti sovrindori, patsifist Karl von Osiyetskini Fashist Germaniyasi mukofot taqdimotida qatnashishiga yo‘l qo‘ymagan.
XS
SM
MD
LG