Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:23

Bedarak yo‘qolgan 16 yoshli o‘shlik Iroda topilmadi


O'shdagi huquq falloarining aytishicha, so‘nggi bir oy ichida O‘shda to‘rt nafar o‘zbek ayollari o‘g‘irlab ketilgani haqida ma‘lumotlar bor.
O'shdagi huquq falloarining aytishicha, so‘nggi bir oy ichida O‘shda to‘rt nafar o‘zbek ayollari o‘g‘irlab ketilgani haqida ma‘lumotlar bor.
O‘shda, o‘z uyi yonida yo‘qolgan 16 yoshli Iroda Zulunovaning bedarak ketganiga 11 dekabrda uch kun bo‘ldi. 9 dekabr kuni ertalab o‘z mahallasidan o‘g‘irlab ketilgani gumon qilanayotgan Iroda Zulunovani qidirish ishlari natijasiz yakunlanmoqda. Ayni paytda huquq-tartibot tuzilmalari Irodaning turmush o‘rtog‘ini ayblashga harakat qilmoqdalar.

11 dekabr kuni Irodaning turmush o‘rtog‘i Abdullo O‘sh shahar Ichki ishlar boshqarmasiga so‘roqqa borgan.

- “Istayapmiz. Agar sen urgan bo‘lsang, bo‘yningda sinadi hamma narsa. O‘zi topilib qolsa - yaxshi, biz istayapmiz. Topilmasa - sening bo‘yningga sinadi”, deyishdi. Men "Nimaga?" deb so‘raganimda esa, “Bekordan bekorga 8 yarimda birov o‘g‘irlamaydi.Urishib ketib qolgan yoki biror narsa bo‘lgan”, dedi. "Men 8 yarimda o‘g‘irlab ketgan bo‘lishi ham mumkin", deb aytdim. ”Urushganim yo‘q”, dedim. Tushuntirish xati yozib berdim, - deydi Irodaning turmush o‘rtog‘i 17 yoshli Abdullo.

Eslatib o‘tamiz, 9 dekabr kuni ertalab taxminan soat 8.30larda o‘z uyi oldida 16 yoshli Iroda bedarak yo‘qolgan. Iroda asli aravonlik, avgustda O‘sh shahriga turmushga chiqqan.

Irodaning qaynonasi Hilola Toshmamatova 11 dekabr kuni ham kelinini qidirishganini, o‘shliklar kelib yordam qo‘lini cho‘zayotganini ham aytdi:

- Taksistlarga suratini berib qo‘ydik.”Ko‘ramiz, uchratib qolsak aytamiz”, deyishayapti. “Yordam beramiz,” deb kelishayapti. Qanday qilib mashinaga chiqib ketganini xech kim ko‘rmagan ekan, - dedi yo‘qolgan Irodaning qaynonasi Hilola opa.

Bedarak yo‘qolgan 16 yoshli kelinchak haqida O‘shdagi huquq faollari ham xabardor. Ulardan biri Ravshan Gapirovga ko‘ra, so‘nggi bir oy ichida O‘shda to‘rt nafar o‘zbek ayollari o‘g‘irlab ketilgani haqida ma‘lumotlar bor.

- Shaharning har joyidan bo‘layapti-da. Bir burchagida bo‘layotgan ish emas. Har burchagidan, shaharga tarqab ketayapti bu narsa.Odamlarning orasida vahima. Ayollarni odamlar ko‘chaga chiqarishga qo‘rqib qoldi. Ko‘chada ayollar yurgani qo‘rqib qolishdi. Bo‘layotgan mana bu to‘rtta holat ham eshigining tagidan olib ketilgan. To‘rt voqea ham bir oy davomida bo‘layotgan hodisa,- dedi o‘shlik huquq faoli Ravshan Gapirov.

Mahalliy huquq faoli o‘shlik qiz-juvonlarni o‘g‘irlaganlar va ularni kaltaklab, azob berganlar shu paytga qadar topilmaganligini aytib, ularning jazolanishiga shubha bildirdi.

Qirg‘iziston prezidentining mamlakat janubidagi vakolatxonasi xodimi Qubanichbek Joroyev O‘shda Iroda Zulunova bedarak yo‘qolganligi haqida uning onasi va qaynonasidan murojaatnoma tushganligini aytdi:

- Tegishli xizmatlarning bu voqeadan xabari bor. Men hozirgina O‘sh shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i bilan ham telefon orqali bu haqda gaplashdim. Barcha kuchlar jalb qilingan. Bundan tashqari Qirg‘iziston prezidentining maslahatchisi Viktor Chernomoresga ham bu holat yetkazildi,- dedi O‘shda joylashgan Qirg‘iziston prezidentining mamlakat janubidagi vakolatxonasi xodimi Qubanichbek Joroyev.

Joroyevga ko‘ra, vakolatxona uch oydan buyon mamlakat janubida faoliyat yuritmoqda. Uch oy ichida birinchi bor O‘shda odam yo‘qolganligi to‘g‘risida fuqarolar ularga murojaat qilgan.

Bundan tashqari Qirg‘iziston prezidentining janubdagi vakolatxonasi vakili qirg‘iz millatiga mansub ayollarning yo‘qolishi haqida birorta ham murojaat bo‘lmaganligini ham aytib o‘tdi.

O‘sh huquq-tartibot idoralari, Irodaning yaqinlari qidiruviga qaramasdan, 16 yoshli kelinchak hozirgacha topilgani yo‘q.
XS
SM
MD
LG