Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:45

O’zbekistonda mobil telefon abonentlarining soni 19 millionga yetdi


Mobil telefonlar bozori O'zbekistonda eng chaqqon bozorlardan xisoblanadi.
Mobil telefonlar bozori O'zbekistonda eng chaqqon bozorlardan xisoblanadi.
27 million axolisi bor O’zbekistonda mobil telefon abonentlarining soni 19 millionga etdi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo’mitasi tarafidan 9 dekabr Toshkentda o’tkazilgan davra suxbatida e’lon qilindi.

Mobil telefoni abonentlari soni bo’yicha O’zbekiston 19 million abonenti bilan mintaqada birinchi o’rinda turadi. Ho’sh, O’zbekistonliklar uyali telefon bilan nima maqsadda foydalanishadi?

Bu savolga javob olish uchun biz O’zbekiston mobil aloqa abonentlari bilan suhbat qurdik.

Suhbatda O’zbekistonlik talaba, 23 yoshlik Azamatjon va 63 yoshlik pensioner Ma'ruf aka mobil telefonidan nima maqsadlarda, qanday va qachon foydalanishini aytib berishdi.

Azamatjonning aytishicha, mobil telefoni O’zbekiston yoshlari orasida keng tarqalgan va yoshlar asosan mobil telefon orqali mobil internet bilan foydalanishadi.

Bir emas ikkita mobil telefonining egasi farg’onalik Ma’ruf akaning oilasida sakkiz kishidan oltitasining uyali telefoni bor. Mobil telefoni qulayligi va arzonligi uchun ham u o’zbekistonliklarning kundalik hayotida muxim o’rin egallaydi, deydi Ma’rufjon aka.

Suhbat Ma'ruf akaning mobil telefonga bog'liq bo'lgan boshidan o'tgan qiziqarli voqea tasviri bilan tugaydi.

Suhbatning audiosini eshiting:

XS
SM
MD
LG