Линклар

O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasi avtotransport vositalarining yangi nusxadagi davlat nomerlarini joriy etishning so‘nggi muddatini ikki yilga uzaytirdi.

Avval muddat – 2011 yilning 1 yanvariga rejalashtirilgan edi, deb xabar qildi Gazeta uz sayti.

Saytga ko‘ra, bu haqda qaror 3 dekabr kuni qabul qilingan. Hujjatga binoan yangi nusxadagi davlat nomerlarini joriy qilishning so‘nggi muddati 2013 yilning 1 yanvaridir.

Yangi nusxadagi nomerlar dastlabki qarorga binoan 2007 yili boshlanib, joriy yil oxirida yakunlanishi kerak edi.

Amalda esa, nomerlar 2008 yilning oktabriga kelib ishlab chiqarila boshlangan, 2009 yilning ikkinchi choragigacha nomerlar ixtiyoriy ravishda almashtirildi.

Yangi nusxadagi nomerlarni joriy etish nima uchun kechiktirilayotgani to‘g‘risida Gazeta uz sayti xabar qilmadi.

Saytga ko‘ra yangi nusxadagi nomerlar xalqaro standartlarga mosdir.
XS
SM
MD
LG