Линклар

logo-print

O‘sh militsiyasi Amir Temurdan qurol topdi


Ozodlik radiosi qirg‘iz xizmatining O‘sh shahar ichki ishlar boshqarmasidan olingan ma‘lumotga tayanib xabar qilishicha, shahardagi Amir Temur mavzeidagi uylardan biridan portlovchi modda, bitta Kalashnikov avtomati, yuzdan ziyod o‘q topilgan.

Tekshiruv davomida, deb ma‘lumot bergan ichki ishlar boshqarmasi, mavze yaqinidan oqib o‘tuvchi Uvom daryosi sohilidan 5 ta magazini bilan bir necha avtomat, bitta granata, qo‘lbola portlatgich, avtomatning 370ta o‘qi, harbiy kiyim, MEGASIL ko‘chma radiostansiyasi topilgan.

"Keyinroq daryo bo‘yidagi yana bir yerdan 20 kg alyuminiy kukuni solingan 5 ta banka, uchta avtomat, uch mingtacha o‘q, bitta miltiq va merganlar miltig‘ining o‘qlari topildi", deb ma‘lumot bergan Ozodlik muxbiriga O‘sh shahar ichki ishlar boshqarmasi vakili.

Xabar qilinishicha, voqea yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, gumon qilinganlar qo‘lga olingan.

Eslatib o‘tamiz, O‘sh shahrining Amir Temur mavzeida (10 adir ham deb ataladi) asosan o‘zbeklar yashaydi. Iyun qirg‘ini kunlari, norasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra, bu mavze aholisidan 50 dan ziyodi bosqinchilar tomonidan o‘ldirilgan edi.
XS
SM
MD
LG