Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:49

Assanj payshanba kuniga qadar hibsda qoladi


Payshanba kuni Britaniya sudida Wikileaks sayti asoschisi Julian Assanjni garov evaziga ozodlikka chiqarishiga qarshi chiqqan Shvyesiya tomoni tinglanadi.

Assanjni Shvyesiya sudi jinsiy zo‘ravonlikda ayblab, qidiruvga bergan.

Seshanba kuni Britaniya sudi Assanjni 316 ming AQSh dollari hisobidagi garov evaziga ozod qilish haqida qaror chiqargan edi. Ammo, Shvyesiya hukumati bu qaror ijrosiga qarshi chiqdi.

Payshanba kuniga qadar Assanj Britaniya hibsxonasida saqlanadi.

Asli avstraliyalik bo‘lgan 39 yoshli Assanj Shvyesiyada ikki ayolni zo‘rlaganlikda ayblanmoqda. Assanjning o‘zi bu ayblovlarni rad etib, ular siyosiy vajlarga asoslanishini aytgan.

Yaqinda Assanj asos solgan Wikileaks sayti amerikalik dimlomatlarning minglab yozishmalarini e‘lon qilgan edi.
XS
SM
MD
LG