Линклар

Qirg‘iziston hukumati 2010 yil ichida O‘zbekistondan tabiiy gaz uchun 3 million AQSh dollari miqdorida qarz bo‘ldi.

Bu haqda “O‘ztransgaz” tashkilotiga tayanib qirg‘iz matbuoti xabar bermoqda.

“24.kg” sayti bergan xabarga ko‘ra, “Qirg‘izgaz” rasmiylari bu qarz 15 dekabr kuni to‘lanishi va hozir O‘zbekiston bilan 2011 yilgi gaz ta‘minoti masalasida muzokaralar boshlanganini ma‘lum qilgan.

Ammo, hozircha biror bir hujjat imzolanmagan.

Shu vaqtga qadar imzolangan shartnomaga muvofiq hozirda “Qirg‘izgaz” tashkiloti o‘zbek gazini har ming metr kub hajmiga 240 AQSh dollaridan xarid qilmoqda.
XS
SM
MD
LG