Линклар

O‘zbekiston Qirg‘izistonning qurol-yarog‘ yuklarini qaytardi


O‘zbekiston Chegara qo‘shinlari tomonidan tutib qolingan Qirg‘izistonga tegishli 3 yuk mashinadagi portlovchi moslama va qurol-yarog‘ 2010 yilning 14 dekabrida Qirg‘izistonga qaytarib berildi.

Bunday qaror O‘zbekiston va Qirg‘iziston Chegara xizmatlari rahbarlari o‘rtasida Farg‘ona viloyatining Quvasoy tumanida bo‘lgan uchrashuv chog‘ida qabul qilindi.

“Ammonit” moddasi va qurol-yarog‘ ortilgan 3 ta KAMAZ yuk mashinasi O‘sh-Botken tranzit yo‘lida yetarli hujjatlar yo‘q, degan sabab bilan shu yil iyul oyida O‘zbekiston hududida tutib qolingan edi.
XS
SM
MD
LG