Линклар

logo-print

Toshkent ish ta‘minotida kichik biznesga tayanmoqchi


O‘zbekiston prezidenti 13 dekabr kuni imzolagan yangi qonunga binoan bundan buyon ta‘lim muassalalari bitiruvchilarini ish bilan ta‘minlagan kichik biznes sub‘ektlariga imtiyozlar beriladi.

"Tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlari to‘g‘risida"gi qonunning 5-moddasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida"gi qonunni Oliy Majlis quyi palatasi 2010 yilning 21 oktabrida qabul qildi, yuqori palata esa, 3 dekabr kuni ma‘qulladi.

Mutaxasislar fikricha, deb yozadi Regnum agentligi, yangi qonundan maqsad kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish hamda tadbirkorlikni rivojlantirishdir.

Prezident Karimov yaqinda birinchi bor o‘z nutqida O‘zbekistonda ishsizlik borligini, ishsizlar soni ishga layoqatli aholining 5,6 foizini tashkil qilishini tan olgan edi.

Mutaxasislar fikricha, O‘zbekistonda ishsizlarning real soni tan olingan rasmiy ko‘rsatkichdan balanddir va ishsizlarning katta qismini aynan yoshlar tashkil qiladi.
XS
SM
MD
LG