Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:50

Moskvadagi elchi o‘zbekistonliklarni hushyorlikka chaqirdi


11 dekabr kuni Moskvada rus millatchilarining namoyishi bo'lib o'tgan edi.
11 dekabr kuni Moskvada rus millatchilarining namoyishi bo'lib o'tgan edi.
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikistonning Rossiyadagi elchixonalari Moskvada istiqomat qilayotgan vatandoshlarini shaharda turli guruhlar o‘tkazayotgan aksiyalar munosabati bilan har-xil ig‘volarga uchmaslikka hamda ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

- Biz o‘zbek diasporasi vakillari hamda o‘zbekistonlik talabalar tashkilotlari yetakchilari bilan suhbat o‘tkazdik va ularga ehtiyot bo‘lishni, turli ig‘volarga aldanib qolishdan mutlaq saqlanishni tavsiya qildik, degan ITAR-TASS muxbiriga O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi vakili.

Eslatib o‘tamiz, 15 dekabr kuni Moskva shahar militsiyasi rus millatchilari bilan kavkazliklar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarning oldini olishga harakat qildi. Shaharning turli joylarida mingdan ziyod yoshlar qo‘lga olindi.

Rossiya poytaxtining ayrim joylarida militsiya 16 dekabr kuni ham kuchaytirilgan rejimda ishladi.
XS
SM
MD
LG