Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 14:42

Moskvada o‘zbek fuqarosi o‘ldirildi


Kecha Moskvaning Naximov tumanidan “tez yordam” brigadasi 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosini pichoqlangan holda olib kelgan.

1988 yilda tug‘ilgan, ismi oshkor etilmayotgan o‘zbekistonli bir necha soat o‘tib kasalxonada jon bergan.

Rossiya huquq-tartibot organlaridagi manbaning RIA Novosti agentligiga bildirishicha, qotillikda gumonlanib moskvalik o‘spirin qo‘lga olingan.

U bilan birga bo‘lgan yana ikki yigit qidirilmoqda. Moskva shahar ichki ishlar bosharmasi mazkur hodisa yuzasidan Rossiya jinoyat kodeksining qotillik bandi bo‘yicha jinoyat ishi ochdi.

Moskvada bir necha kundan beri millatchi ekstremistlar "rus bo‘lmaganlar"ga qarshi namoyishlarni o‘tkazib, duch kelganiga hujum qilmoqda.
XS
SM
MD
LG