Линклар

logo-print
Ayni damda Belarus poytaxti Minskda minglagan insonlarning norozichilik namoyishi bo'lib o'tmoqda. Norozichiliklarga sabab Belarusda bugun bo'lib o'tgan prezidentlik saylovlarining ilk natijalaridir.

Exit poll, ya'ni saylov uchastkalaridan chiqish joyida o'tkazilgan og'zaki so'rovlanring natijasi Belarusning amaldagi prezidenti Aleksandr Lukashenko saylovchilarning 70 foizidan ko'prog'i ovozi olganini ko'rsatgani haqida xabar bergan edik.

Saylovning bunday natijalaridan qoniqmagan minglagan belaruslar Minskning markazida katta yurish o'tkazib, aytni damda Hukumat uyining oldida namoyish o'tkazishmoqda.
Minskda bo'layotgan norozichilik namoyishlaridan kelayotgan tezkor ma'lumotlarni Twitter sahifasida #electby hashtegi orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Namoyishchilarning orasida Twitter, Facebook va boshqa ijtimoiy tarmoqlarning a'zolari oz emas. Ular Minskda bo'layotgan voqealarni mobil telefonlari orqali internetga qo'yishmoqda.

Twitter mikroblog xizmatidan olingan oxirgi ma'lumotlarga ko'ra, ayrim namoyishchilar Hukumat uyiga hujum qilishgan. Biroq ularning hujumlari OMON, hukumat huquq-tartibot kuchlari tarafidan qaytarilmoqda.

Minskda o'tayotgan bunday namoyishlar O'zbekistonning qo'shnisi Qirg'izistonda 2005 va 2010 yillari yuz bergan siyosiy o'zgarishlarni eslatmoqda. Belarusda ham Qirg'izistondagi kabi inqilob yuz berarmikan, kabi savollar bilan minglagan Twitterchilar internetda baxs va munozralar o'tkazishmoqda.

Twitter orqali Minskda bo'layotgan voqealarni Twitter saytida #electby hashtegi, yoki bu erda kuzatib boring.

QO'SHIMCHA (10:00 CET, 19.12.2010): Belarusdagi twitterchilarning xabar berishicha, ayni damda Belorusda chet el axborot agentliklarining web sahifalari va televidenie kanallariga, shuningdek Twitter va Facebook sahifalariga to'siq qo'yilgan.

QO'SHIMCHA (10:40 CET, 19.12.2010): Internetdan olingan so'ngi xabarlarga ko'ra, ayni damda huquq-tartibot kuchlari namoyishchilarning ko'p qismini tarqatib yuborgan. Kaltaklanganlar, tan jarohat olganlar va hibsga olinganlarning soni oz emas.

Ozodlik Radiosining Belarus xizmati namoyishlar joyidan tayyorlagan video klipni tamosha qiling:

XS
SM
MD
LG