Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:06

”Bilayn” Twitter bilan shartnoma imzoladi


O'zbekistonlik Twitterchilar uchun hushxabar! “Bilayn” aloqa operatori MDH davlatlari hududida birinchi bo‘lib Twitter.Inc. shirkati bilan abonentlarga SMS xizmati ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Axborot agentliklari xabariga ko‘ra, Unitel va Twitter o‘rtasida imzolangan shartnomaga muvofiq O‘zbekistondagi Bilayn shirkati abonentlari o‘z maktublarini 89338 (TWEET) raqamiga SMS jo‘natish orqali Twitter ga joylashtirishlari mumkin.

Twitter o‘z foydalanuvchilariga vyeb-interfeys, SMS va boshqa xizmatlar orqali 140 tagacha belgilardan iborat bo‘lgan matnlarni jo‘natish imkoniyatini yaratadi.

Bu yangilik borasida Ozodlik radiosining studiyasida o'tkazgan suhbatimizni eshiting.



PS. "Twitterdan foydalanasizmi?" nomli online so'rovimizda qatnashgan mushtariylarimizning ko'p qismi undan foydalanmasligi aytishgan edi.
XS
SM
MD
LG