Линклар

logo-print
Kechadan beri 560 million foydalanuvchisi bo'lgan Skypeda texnik nuqsonlar kuzatilmoqada.

Skypening texnik muammolari bois dunyoning deyarli barcha davlatlarida Skypechilar o'z xisobiga kirisholmayapti.

Internet texnologiyalari bo'yicha mutahassislarning aytishicha, Skypening ishdan chiqishi dunyo bo'ylab odamlarning qanchalik VoIPga - internet orqali telefon qilishga bo'glanib qolganligiga yana bir bor dalil bo'ldi.

Skype shirkati texnik muammolar yuzaga kelganini tasdiqladi va bu nuqsonlarni tez orada bartaraf etilishini bildirdi. Skype shirkati o'z blogida yozishicha, texnik muammolarga sabab "supernod" nomli dasturlarning birdaniga o'chib qolishi bo'lgan.

Skype shirkati kompyuterlar orasida xabar almashish, telefon, SMS va video aloqa xizmatlarini ko'rsatadi.
Skypening internetdagi boshqa xuzmatlardan farqi shuki, u foydalanuvchilar orasida aloqa o'rnatish uchun "peer-to-peer" texnologiyasini ishlatadi. Ya'ni, foydalanuvchilarning o'zlari Skypedagi aloqa uchun o'ziga hos o'tkazgichga aylanishadi. Masalan, agar sizning internetingiz tez bo'lsa, Skype siz orqali boshqa foydalanuvchilarning aloqasini o'tkazishi mumkin. Shu o'tkazgich "supernod" deb nomlanadi. Shu "supernod"larning soni ko'pligi uchun ham shu kungacha Skype shirkati tez va sifatli xizmat ko'rsatib kelayotgan edi.

Aynan shu "supernod"larning ko'p qismini texnik sabablar bilan o'chib qolgani Skypeni ishdan chiqargan.

Boshqa davlatlardagi kabi, O‘zbekistonda ham internet foydalanuvchilari Skypeni ishlata olishmayapti.

Internetdagi ommabop telefon so‘zlashuv hizmati Skypeda so‘nggi bor texnik nuqsonlar 2007 yilda kuzatilgan edi. 2003 yilda tashkil topgan Skype tarmog‘ida 560 million foydalanuvchi qayd etilgan.

Twitterchilarga: Twitterda Skypening texnik muammolari haqida ketayotgan baxsni #Skype heshtegi orqali kuzatib boring. Yoki Skypening Twitterdagi sahifasini @Skype "follow" qiling.


BILMASVOYLARGA: Skype kompaniyasi shvetsiyalik Niklas Zannstryom va daniyalik Yanus Friis taragifidan 2003 yili asos solingan.

Skype dasturining birinchi relizi 2003 yilning sentabr oyida chiqgan.

2005 yilda esa eBay shirkati Skypeni 2,6 milliard AQSh dollariga (keyinroq yana 500 million AQSh dollari to'landi) sotib oldi.

Shirkatning bosh qarorgohi Luksemburgda joylashgan.

Skype oqali mobil va statsionar telefonlarga qo'ng'iroq qilish nisbatan arzonligi uchun, bir qator davlatlarning telekommunikatsiya shirkatlari shu mamalakatlarda Skypeni man qilishga chaqirishgan.
XS
SM
MD
LG