Линклар

logo-print
Nazarboyevni 2020 yilgacha prezidentlikda qoldirish taklifi ilgari surildi

Qozog‘istonning Uskamen shahrida bir guruh jamoatchilik vakillari mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyevni 2020 yilgacha saylovlarsiz prezidentlik lavozimida qoldirish tashabbusi bilan chiqdi.

Mingga yaqin jamoatchilik vakillari ushbu g‘oyani amalga oshirish bo‘yicha imzo to‘plashga kirishganliklarini aytishmoqda. Mazkur masala bo‘yicha milliy referendum o‘tkazish uchun 200 ming imzo kerak bo‘ladi.

70 yashar Nursulton Nazarboyev Qozog‘istonni 21 yildan buyon boshqarib keladi. Uning hozirgi prezidentlik muddati 2012 yilda tugaydi. G‘oya tashabbuskorlarining aytishlaricha, Nazarboyevning sog‘ligi mamlakatni yana o‘n yil boshqararadigan darajada ancha mustahkam.
XS
SM
MD
LG