Линклар

Rossiya matbuotining Novosibirsk viloyati Ichki ishlar boshqarmasi qaoshidagi Tergov idorasiga asoslanib xabar qilishicha, 34 yashar o‘zbekistonlik ayol ikki nafar yosh farzandi bilan Rossiya hududida ro‘yxatdan o‘tmay yashab kelgan. Ularning doimiy daromad manbasi bo‘lmagan.

2010 yil may oyida homiladorlik paytida ayol o‘z oilasini boqishga ko‘zi yetmaganidan so‘ng o‘zbekistonlik bir tanishiga chaqaloqni sotish uchun xaridor topishni so‘ragan.

Bunday jinoyatga aralashishni xohlamagan erkak huquq-tartibot organlariga murojaat qilgan. O‘zbekistonlik ona 23 avgust kuni tug‘ilgan chaqalog‘ini 60 ming rublga sotayotgan paytda qo‘lga olingan.

Hozirda ushbu jinoiy ish yuzasidan olib borilgan tergov tugagan va ayolga nisbatan ayblov xulosasi tasdiq uchun prokurorga taqdim etilgan.
XS
SM
MD
LG