Линклар

logo-print
O‘zbekistonda tovar va xizmatlar uchun mobil telefon orqali pul to‘lashning yangi tizimi joriy qilinmoqda.

Gazeta.uz xabariga ko‘ra, SMS-To’lov elektron tizimi orqali to‘lovlarni amalga oshirishni istagan mijoz tijorat bankiga borishi kerak va u yerda uning telefoniga elektron imzo kiritilgan maxsus dastur o‘rnatiladi.

Bu dastur orqali mijoz bankdagi hisob raqamidan transport to‘lovi, do‘konlardagi xaridlar va kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin.

“U yoki bu xizmatga telefon orqali pul to‘lash, hatto, keksa yoshdagi kishilar uchun ham hech qanday muammo bo‘lmaydi — ikkita tugmani bosasiz va shu bilan to‘lov to‘lanadi”, deydi Gazeta.uz saytiga intervyu bergan yangi to‘lov tizimi asoschilaridan biri SSP Marokand shirkati rahbari.

O‘zbekistonda shu kunlarda kommunal xizmat to‘lovlari, asosan, pensiya va bolalar uchun nafaqa pullari evaziga to‘lanayotgani inobatga olinsa, yangi to‘lov tizimidagi qulayliklardan keksa yoshlilar nazarda tutilayotganini tushunish mumkin bo‘ladi.
XS
SM
MD
LG