Линклар

logo-print
Esingizda bo'lsa, bundan bir necha hafta oldin biz internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy sahifalari bor o'zbekistonlik taniqli insonlar haqida yozgan edik.

Maqoladan so'ng bizga mushtariylar tarafidan shu mavzuni davom ettirish borasida bir qator so'rovlar kelib tushgan edi. Kelishgan holda, biz har hafta bittadan internetning cheksiz olamida virtual hayotga ega bo'lgan o'zbekistonlik taniqli inson bilan siz mushtariylarni tanishtirib boramiz.

Biz bu ruknni "iO'zbek" (internet + o'zbek) deb nomladik. Nega deysizmi? Ahir ayni damda dunyo bo'ylab odamlar iPhone va iPad degan matohlarga boshi qorong'u bo'lishmayaptimi? Biz ham shu modadan qolmaylik dedik.

Bugungi bizning "iO'zbek" ruknimizning qahramoni Islom Karimov. Yo'q, siz o'ylaganday hurmatli prezidentimiz haqida gap ketayotgani yo'q. Biz Islom Karimov junior, ya'ni prezidentimizning nabirasi Islomjon Karimovni nazarda tutmoqdamiz.

Islom Karimov FormSpringdagi sahifasida savollarga javob beradi.
Islomjon Karimov, Karimovlar oilasining internet bilan eng faol foydalanadigan a’zosi. Islomjonning Facebook va Odnoklassniki.ru tarmoqlarida shaxsiy sahifalari bor. U Facebookda o’zining fanatlari uchun sahifa ham ochgan. Bugungi kunga kelib bu sahifani 14 ta odam "like" etgan.

22 dekabrda balog'at yoshiga yetgan Islomjon Karimov internetdagi FormSpring savol-javob xizmatidan ham faol foydalanadi. FormSpring xizmati orqali hohlagan inson Islomjon Karimovga o’z savollarini berib, javobini ham shu erda olishi mumkin. Bugungi kunga kelib o'zining FormSpringdagi sahifasida Islom Karimov 322 savolga javob bergan.

Aftidan yosh Islom Karimovning Twitter yoki boshqa blog platformalarda sahifasi yo'q.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG