Линклар

Germaniyada joylashgan Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi Samarqanddagi “Dinamo” klubi hujumchisi Jafar Irismetovni dunyodagi eng faol futbolchilar o‘n sakkizligining 14-pog‘onasiga qo‘ydi.

Germaniyada joylashgan Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi Samarqand “Dinamo” klubi hujumchisi Jafar Irismetovni dunyoning Raul Gonzales¸ Tiyerri Anri¸ Andrey Shevchenko kabi taniqli futbolchilari bilan bir safga qo‘ydi va o‘z faoliyati davomida eng ko‘p gol urgan o‘yinchilar ro‘yxatining dastlabki o‘n sakkizligidan joy berdi.
Eng faol futbo'lchilarning o'n sakkizligining to'liq ro'yxatni bu erda o'qishingiz mumkin.

Bu ro'yxatga bugungi kunda futbol karyerasini davom ettirayotgan va o'z xisobida eng ko'p gollarga ega bo'lgan o'yinchilar kiritilgan. Futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi keltirgan raqamlarga ko‘ra, Irismetov shu vaqtgacha jami 405 matchda o‘ynagan va jami 233 ta gol urgan.

Bu ro‘yxatning avvalida dunyoga tanilgan Glenn Fergyuson, Rud van Nistelroy, Xuan Karlos Plata, Rivaldo, Ronaldo, Raul Gonzales, Tiyerri Anri kabi futbolchilarning nomi joy oldi. Ukrainalik Andrey Shevchenko esa 18 talikning eng so‘nggidan o‘rin oldi.

Jafar Irismetov futbolchi sifatida ilk bor 1992 yilda maydonga tushgan edi.

1976 yilning 23 avgustida Toshkentda tug‘ilgan futbolchi, dastlab, kichik jamoalarda, keyinchalik esa O‘zbekistonning terma jamoasida o‘ynagan.

Bu haqda “Chempionat.uz” nashrining yozishicha, Irismetov 1997 yilda Kambodja terma jamoasiga qarshi O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibidagi debyut uchrashuvini o‘tkazgan. Bu tarkibda jami 36 ta o‘yinda ishtirok etib, 15 ta gol urgan.

Keyinchalik Irismetov xorij futbol klublari, jumladan, Gresiyaning “Panatinaikos”, Rossiyaning “Spartak”, “Anji”, Qozog‘istonning “Qayrat”, “Olmaota”, Ukrainaning “Krivbass”, Xitoyning “Lyaonin” jamoalarida ham to‘p surgan.

2010 yildan esa Samarqandning “Dinamo” jamoasiga qaytgan.

Jafar Irismetov urgan eng chiroyli gollar termasini ushbu video klipda tamosha qiling:



Eslatamiz, 2010 yilda o‘zbek futboli nomini dunyoga taratgan yana bir sportchi – o‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov bo‘ldi.

U Janubiy Afrikada o‘tgan Jahon chempionatida ilk o‘yinga hakamlik qildi va bitta chempionatda jami 5 ta o‘yinga hakamlik qilgan futbol tarixidagi uchinchi hakam bo‘ldi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG