Линклар

logo-print
Seshanba kechqurun poytaxt Bishkekning 8-rayonida pasport tekshiraëtgan uch qirg‘iz militsioneri otib ketildi.

Bu haqda xabar qilgan Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi so‘zchisiga ko‘ra¸ militsionerlar poytaxtdagi xususiy mehmonxonalardan birida shaxslarning hujjatlarini tekshiraëtgan mahal Kalashnikov avtomatidan o‘qqa tutilgan.

Aytilishicha¸ qotillar qochib ketishga muvaffaq bo‘lgan¸ ammo Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik komiteti rasmiylari darhol hujum ijrochilari o‘ziga ma‘lum ekani¸ qotillikni avvalda ham bir qator terror hujumlarilarni amalga oshirgan shaxslar sodir etganini bildirdi.

Bu hujumlar orasida¸ qirg‘iz rasmiylari da‘vosicha¸ Bishkekdagi sport markazida amalga oshirilgan bomba hujumi ham bor. Bir necha odam yaralangan bu hujum uchun Bishkek O‘zbekiston islomiy harakati janggarilarini ayblagan edi.
XS
SM
MD
LG