Линклар

Birlashgan Arab amirliklaridan poytaxt Dohaga 3 yanvar kuni yetib kelgan O‘zbekiston terma jamoasi futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi musobaqalari boshlanishi oldidan mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda.

Musobaqada qatnashishi ko‘zda tutilgan Yaroslav Krushelnitskiy jarohat olgani sababli bosh murabbiy Vadim Abramov uning o‘rniga hujumchi Ulug‘bek Baqoyevni 23 nafar o‘yinchi ro‘yxatiga kiritdi.

32 yoshli Ulug‘bek Baqoyev Qozog‘iston ligasining o‘tgan yilgi mavsumida eng yaxshi xorijiy futbolchi, deb tan olingan edi.

Osiyo futbol konfederatsiyasiga ko‘ra, Baqoyevning ro‘yxatga kiritilgan O‘zbekiston terma jamoasining hujum imkoniyatlarini oshiradi.

O‘zbekiston futbolchilari Osiyo Kubogi uchun A guruhida dastlab 7 yanvar kuni (Toshkent vaqti bilan 21:15 da) musobaqa mezboni Qatar terma jamoasiga qarshi yashil maydonga tushadilar.

12 yanvar kuni (soat 18:15 da) O‘zbekiston - Quvayt va 16 yanvar kuni (soat 21:15 da) O‘zbekiston-Xitoy terma jamoalari o‘rtasida qiziqarli o‘yin bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
XS
SM
MD
LG