Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:25

O'zbekiston Qatarni 2:0 xisobi bilan mag'lubiyat etdi


Gollarning biriniga O'zbekiston terma jamoasi sardori Server Jeparov mualliflik qildi.
Gollarning biriniga O'zbekiston terma jamoasi sardori Server Jeparov mualliflik qildi.
Doha shahrining Xalifa stadionida o'tgan Osiyo kubogining ochilish o'yinida O'zbekiston terma jamoasi Qatar terma jamoasi ustidan 2:0 xisobi bilan g'alaba qozondi.

O'zbekiston terma jamoasi o'yinchilari Odil Axmedov va jamoa sardori Server Jeparovlar o'yinning ikkinchi yarmida gollarga mualliflik qildilar.

O'yonning birinchi yarmida ikkala jamoa ham bir hilda faol o'yin ko'rsatishdi. Biroq O'zbekiston terma jamoasi bergan zarbalar ikki marotaba raqib darvozasining shtangasiga tegdi.

O'yinning ikkinchi yarmining 58-daqiqasida Odil Axmedovning uzoqdan turib bergan "kruchenniy" zarbasi qatarlik ikki ximoyachini ustidan aylanib o'tib, darvoza ichidan o'rin oldi. Bu gol shaksiz Osiyo kuboigning eng chiroylik gollaridan biri bo'ladi.

O'zbekiston terma jamoasining ikkinchi goli birinchisidan bir necha daqiqadan so'ng kiritilishi mumkin edi. Lekin Qatar terma jamoasining darvozaboni Oasem Burxan o'zbekistonlik Sanjar Tursunov tepgan to'pni mahorat bilan qaytarishga muvofaq bo'ldi.

O'yinning 78-daqiqasida esa qatarlik yarim ximoyachi Xalfan Ibrahim O'zbekistonga ikkinchi go'lni "podarka" qildi - raqib tarafidan noto'g'ri berilgan pasni Server Jeparov qabul qilib, raqibning darvozasini ishg'ol qildi.

Ming marta o'qigandan ko'ra, bir marta ko'rga afzal. Go'llarning videosini tamoshqa qiling:


XS
SM
MD
LG