Линклар

Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy sahifalari bor o'zbekistonlik taniqli insonlarga bag'ishlarnga "iO'zbek" ruknimizni davom ettirazmi. Eslatib o'tamiz, bundan oldingi maqolamizda O'zbekiston prezidenti Islom Karimovning nabirasi Islomjon Karimovning internetda qaysi tarmoqlarda "virtual hayot" kechirishini yoritgan edik.

Bugungi bizning "iO'zbek" ruknimizning qahramoni O'zbekiston va endilikda esa Turkiya estradasining ham qirolichasi Yulduz Usmonova. Bundan bir oy oldin 12 dekabrda 47 yoshini qarshi olgan Yulduz Usmonova internet sayhonidagi bir qator sayt va injtimoiy tarmoqlarda faol "virtual hayot kechiradi".

Google internetda izlash xizmatida Yulduz Usmonovaning ismini izlab ko'rsangiz, birinchi bo'lib u haqda Wikipedia ensiklopediyasidagi maqola chiqadi. Maqola Usmonova haqida to'liq ma'lumot bermasa-da, unga O'zbekiston estradasiga kirib kelishda kimlar yordam berganini aytib o'tadi.

Yulduz Usmonovaning rasmiy saytining bosh sahifasidan asosiy qismiga o'tish uchun Yulduz xonimning oyoqlari ostidagi "kirish" tugmachasini bosish kerak.
Ikkinchi bo'lib Google Yulduz Usmonovaning rasmiy saytini keltiradi. Yulduz xonimning shaxsiy sayti o'ziga hos bo'lib, unga kirsangiz sahifa markazida Yulduz Usmonovaning suratidan boshqa narsani topa olmaysiz. Saytning asosiy qismiga o'tish uchun Yulduz Usmonovaning oyoqlari ostidagi "kirish" degan tugmachani bosish kerak.

Saytning asosiy qismi yaxshi ishlangan, lekin bir salbiy tarafi bor - saytga kirishingizdayoq sahifaning o'ng tarafidagi "player" avtomatik ravishda Yulduz xonimning qo'shig'ini o'ynaydi. Bu esa ortiqcha internet trafik degani. O'zbekistonda internet tezligi cheklanganligini xisobga olsak, bu sayt mexmonlariga bir qator qiyinchiliklar tug'dirishi mumkin.

Yulduz Usmonova bugungi kunning eng katta ijtimoy tarmoq bo'lmish Facebookda ham faol. Bu ijtimoiy tarmoqda Yuduz xonimning bir emas ikkita guruhi bor. Birinchi guruhi asosan o'zbek tilida va u qadar faol emas. Shuning uchun ham bo'lsa kerak uning a'zolari soni 2700ta. Ikkinchi guruhi esa turk tilida va tez-tez yangilanib turiladi. Uning 35000 yaqin a'zosi bor.

Eng qiziqi shundaki, Yulduz Usmonovaning rasmiy sayti ".UZ" domen hududiga joylashganligiga qaramasdan faqat rus tilida olib boriladi. Sayt Yulduz xonimning rasmiy Facebook guruhi deb turk tilidagi guruhga ilova qiladi.

Yulduz Usmonovaning O'zbekistonda mashxur "Moy mir" internet tarmog'ida ham "yulduz turk" akkauknti ostida ochilgan rasmiy sahifasi bor. Lekin unga a'zolarning soni bugunga kelib 747 ta.

Odnoklassniki.ru saytida ham Yulduz xonim fanatlari tarafidan yaratilgan yopiq guruh ham bor, lekin uning a'zolarining soni ham ko'p emas - bugunga kelib 830 ta.

Albatta, bu ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini Yulduz xonim o'zlari yangilab boradi, deb aniq aytish qiyin. Chunki Yulduz Usmonova kabi yorug' san'at yulduzining bunga vaqti bo'lmasa ham kerak. Bunday ishlar bilan odatda san'atkorlarning PR agentlari shug'ullanishadi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG