Линклар

Toshkent shahrining Hamza va Mirobod tumanlarida turar-joylarni ommaviy tarzda buzish ishlari ketmoqda.

Farg‘ona.ru axborot agentligining xabar qilishicha, Hamza tumanida g‘ishtdan qurilgan 2 qavatdan 5 qavatgacha bo‘lgan 6-7 uy birdaniga buzilayapti.

Gazeta.uz nashrining yozishicha, Toshkent shahar xokimi qaroriga ko‘ra, Buyuk Ipak yo‘li bekatidan boshlab Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, Mashinasozlar bozorigacha va Taraqqiyot ko‘chasida rekonstruksiya ishlari amalga oshirilishi lozim.

Ayni paytda turar-joy egalari, uylari evaziga tovon puli ham berilmasdan ko‘chaga haydalayotgani aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG