Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:22

O'zbekiston yarim finalga yo'llanma oldi


Qandingizni uring, yigitlar!
Qandingizni uring, yigitlar!
Qatarda o'tayotgan Osiyo Kubogining chorak finalida O'zbekiston terma jamoasi Iordaniya terma jamoasi ustidan 2:1 hisobi bilan go'lib, yarim finalga yo'llanma oldi!

O'zbekiston futbolining tarixida milliy terma jomoamiz ilk marotaba Osiyo Kubogining yarim finalida to'p suradi.

O'yinning qahramoni shaksiz milliy jamoamizning hujumchisi, o'yinga 2 raqami ostida tushgan Ulug'bek Boqoyevdir. Ulug'bek o'yinning ikkinchi yarmi boshidayoq katta mahorat ko'rsatib, uch daqiqani ichida ikkita go'l urib, bitta sariq kartoch ishab olishga muvaffaq bo'ldi.

Dubl ijro etgan Ulug'bek Boqiev birinchi golni boshi bilan urdi.
Birinchi gol jamoamiz Sardori Server Jeparov yordami bilan kiritildi. 46 daqiqada Jeparov tarafidan uzoq masofadan turib standart vaziyatdan berilgan pasni Ulug'bek Boqoyev boshi bilan chalg'ib qolgan darvozabon ustidan o'tkazib, darvozaga yo'lladi.

49 daqiqada kiritilgan ikkinchi golga esa yarim himoyachi Jasur Xasanov assistentlik qildi. Chap qanotdan berilgan pasni Boqoyev yengillik bilan raqib darvozasiga yo'lladi.

O'yinning 58 daqiqasida iordaniyalik ximoyachi Bashir Bani Yasin O'zbekiston darvozasini ishg'ol qilib, hisobni 2:1 o'zgartirdi.
Bugungi o'yinga Iordaniya terma jamoasi asosiy tarkibdagi to'rtta o'yinchisiz maydonga chiqishga majbur bo'lganligi haqida xabar bergan edik.

62 daqiqada standart vaziyatdan berilgani zarbani mohirona qaytargan milliy terma jamoamiz darvozaboni Ignatiy Nesterov darvoza ustuniga urilib jarohat olganligi tufayli murabbiy Abramov tarafidan almashtirildi - uning o'rniga zahiradagi darvozabon Temur Jo'rayev maydonga chiqdi.

O'yin ohirigacha hisob o'zgarmasdan, O'zbekiston g'alabasi bilan tugadi.

O'zbekiston terma jamoasining Qatarda o'tayotgan Osiyo Kubogidagi yutuqlarida murabbiy Vadim Abramovning hissasi ulkan, desak yanglishmaymiz. Xitoy bilan bo'lgan o'yindan so'ng Vadim Abramov milliy terma jamoamizning asosiy tarkibiga bir nechta o'zgartirishlar kiritgan edi. Bugungi g'alaba Abramovning adashmaganligini isbotladi.

Milliy terma jamoamiz yarim finalda 22 yanvarga belgilangan Avstraliya va Iroq terma jamoalari o'rtasida o'tadigan o'yinning g'olibi bilan uchrashadi.


O'yindagi gollar va xavfli vaziyatlar videosini tamosha qiling:

XS
SM
MD
LG