Линклар

O‘zbekiston prezidenti 21 yanvar kuni O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida "mamlakat aholisining umumiy soni 2011 yilning 1 yanvarida 29 mln kishidan ortdi", dedi, deb xabar qildi Regnum axborot agentligi.

O‘zbekiston respublikasi davlat statistika qo‘mitasidan olingan ma‘lumotlarga tayanib turli axborot vositalari e‘lon qilgan ma‘lumotlarga qaraganda, mamlakat aholisi 2010 yilning 1 yanvarida 28 mln 800 nafarni, 2009 yilning 1 yanvarida 27 mln 500 ming kishini tashkil qilgan.

O‘zbekiston aholisi so‘nggi bor 1989 yili yalpi ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Mintaqadagi boshqa mamlakatlarda aholi o‘tgan 20 yil ichida kamida bir martadan ro‘yxatga olindi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG