Линклар

Moskvaning Domodedovo aeroportida ro‘y bergan portlashlarda 31 kishi halok bo‘lib, 130dan ortiq odam jarohatlangani aytilmoqda. Jarohatlanganlarning 20ga yaqini og‘ir ahvolda ekani xabar qilinyapti.

Moskvadagi Domodedovo aeroportida ikkita portlash ro‘y berdi. Rasmiy xabarlarga ko‘ra portlashlarda kamida 31 kishi o‘lgani, 130 dan ortiq odam jarohatlangani xabar qilinmoqda.

Bu haqda Rossiya huquq-tartibot idoralaridagi manbaga tayanib Interfax agentligi bergan xabarga ko‘ra, portlashlar aeroportning xalqaro reyslar qabul qilinadigan qismidagi yukxonalardan birida hudkush tomonidan amalga oshirilgan.

Rossiyaning Vyesti kanali xabariga ko‘ra, portlashni yo‘lovchilarni kutib olayotgan odamlar orasida bo‘lgan ikki xudkush amalga oshirgan.

Portlash kuch trotil ekvivalentida besh kilogrammni tashkil qilgani aytilmoqda.

Shuningdek, bu hodisani uyushtirganlikda gumonlanib uch erkak qidirilayotgani haqida ham ma‘lumotlar bor. Interfax agentligi bular Moskva shahrida istiqomat qilgan shaxslar, deb gumon qilinayotgani haqida yozmoqda.

Hodisa ortidan aeroport ma‘muriyatiga bog‘langan Ozodlik muxbiri aniq ma‘lumot olishga muvaffaq bo‘lmadi.
Twitter saytida portlash haqida ketayotgan baxs va munozaralarni #domodedovo heshtegi orqali kuzatib boring.

Moskva shahrida va shahardagi boshqa aeroportlarda xavfsizlik xizmati kuchaytirilgan rejimda ishlamoqda.

Rossiya prokuraturasi hodisa yuzasidan terror huruji moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.

Domodedovo aeroporti eng gavjum aeroportlardan biridir va bu aeroport orkali O‘zbekistoni dunyo bilan bog‘laydigan ko‘plab reyslar amalga oshiriladi.

Hozircha portlashda jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqrolarining bor yoki yo‘qligiga oid biror xabar yo‘q.

Bu maqola yozilguncha internetda portlash joyidan olingan video tasvirlar paydo bo'lishni boshladi. Ulardan birini e'tiboringizga havola etamiz:

XS
SM
MD
LG