Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:01

Ulug'bek Baqoyev haftaning eng yaxshi o'yinchisi


Ulug'bek Baqoyev Irodaniya terma jamoasiga qarshi o'yinda ikkita gol urib, qahramonlik ko'rsatgan edi.
Ulug'bek Baqoyev Irodaniya terma jamoasiga qarshi o'yinda ikkita gol urib, qahramonlik ko'rsatgan edi.
O'zbekiston terma jamoasining 32 yoshlik hujumchisi Ulug'bek Baqoyev taniqli Goal.com saytida o'tkan haftaning dunyodagi eng yaxshi futbolchisi, deb e'lon qilindi.

Bunga sabab 'Bunyodkor' hujumchisi Ulug'bek Baqoyevning milliy terma jamoamiz safida Iordaniyaga qarshi o'yinda raqib darvozasini uch daqiqa ichida ikki karra ishg'ol qilgani, deya e'tirof qilinmoqda Goal.com saytida.

Eslatamiz, Qatarda o'tayotgan Osiyo Kubogining chorak finali o'yinida Ulug'bek Baqoyevning Iordaniya darvozasiga urgan ikki goli O'zbekiston milliy terma jamoasini yarim finalga olib chiqgan edi.

Bugun O'zbekiston vaqti bilan soat 21:25 da Osiyo Kubogining yarim finalida O'zbekiston terma jamoasi Avstraliya terma jamoasiga qarshi maydonga chiqadi.

"Yosh to'lqin" taxririyati milliy terma jamoamizning yutig'iga tilakdosh bo'lib qoladi.

XS
SM
MD
LG