Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:39

O'zbekiston - Avstraliya 0:6


O'yinning 34-chi daqiqasida Temur Jo'rayev qo'riqlayotgan O'zbekiston terma jamoasi darvozasi ikkinchi marta ishg'ol qilindi. Gol muallifi Sasha Ognenovski.
O'yinning 34-chi daqiqasida Temur Jo'rayev qo'riqlayotgan O'zbekiston terma jamoasi darvozasi ikkinchi marta ishg'ol qilindi. Gol muallifi Sasha Ognenovski.
Qatar, Doxa, Osiyo Kubogi yarim finali, Avstraliya - O'zbekiston 6:0, Avstraliya g'olib bo'ldi...

Shu joyda o'yinga sharx berishni to'xtatib qo'ysak ham bo'laverar edi. Lekin, jurnalist etikasini hurmat qilgan holda O'zbekiston terma jamoasining Osiyo Kubogidagi eng yomon o'yiniga ko'proq to'xtalib o'tishni maqul topdik.

O‘zbekiston terma jamoasining bugungi mag‘lubiyati mamlakat futbol tarixiga yirik mag‘lubiyatlardan biri sifatida yoziladigan bo‘ldi. Avstraliya bugun bizga nisbatan ancha kuchli ekanligini amalda ko‘rsatdi va haqli ravishda g‘alaba qozondi.
O'zbekistonlik Twitter va Facebookchilar o'yinni o'z sahifalarida faol sharxlab boridshi.

Bunday mag‘lubiyatni hech kim kutmagan bo‘lsa kerak. O‘yinning 5-daqiqasida o‘tkazib yuborilgan tezkor gol o‘yinchilarimizni sarosimaga solganday ko‘rindi. Shundan so‘ng to‘p uzatishda xatoliklar, himoyamizda chalkashliklar ko‘zga tashlana boshladi.

O‘yinning 35-daqiqasiga kelib O‘zbekiston ikkinchi marotaba o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi. O‘yinni ingliz tilida sharhlayotgan sharhlovchining fikricha, aynan ana shu goldan keyin O‘zbekiston terma jamoasida sinish boshlandi.
O'zbekistonlik Twitterchi yozayapti: "Bugundan boshlab mani eng yomon ko'rgan xayvonim bu KENGURU!"

Ikkinchi taymda o‘yinchilarimizning o‘zlariga kelib olishlarini, o‘z o‘yinlarini namoyish etishlarini, Osiyo kubogi yarim finaliga tasodifan chiqib qolmaganliklarini isbotlashlarini kutdik. Ammo ikkinchi taymda futbolchilarimiz tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatoliklardan avstraliyaliklar foydalanishdi va oxir-oqibat tablodagi hisobni 6:0 ko‘rinishiga olib kelishdi.

Tan olish kerak o‘yinda Avstraliya terma jamoasi yaqqol ustunlik qildi. O‘yinning 20-daqiqasiga kelib to‘pni egallab turish bo‘yicha biz 68 foizga 32 foiz hisobida oldinda bo‘lishimizga qaramasdan futbolchilarimiz tomonidan gol urish uchun qulay vaziyatlar sodir etilmadi.

Endi futbolchilarimiz 28 yanvarda uchinchi o‘rin uchun Janubiy Koreya terma jamoasi bilan kurash olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, 6:0 o‘zbek futboli tarixidagi eng yirik mag‘lubiyat emas. Futbol tarixidagi eng yirik mag‘lubiyatimiz 2000-yilga to‘g‘ri keladi. O‘shanda yapon futbolchilari milliy terma jamoamizni 8:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.

O'yindan olingan suratlar to'plamini bu yerda ko'ring.

Yarim final o'yinida kiritlgan gollarning videosini tamosha qiling:
XS
SM
MD
LG